1

​Qovoq osti shishiga befarq bo`lmang!

Salomatlik 01.02.2017, 11:44
Teglar: Salomatlik
​Qovoq osti shishiga befarq bo`lmang!

— Har tong meni bir muammo qiynaydi: ko`z osti qovog`im shishib uyg`onaman. Buning sababi va davosi haqida ma`lumot bersangiz?

Shaxnoza. Samarqand

Savolga oliy toifali shifokor-terapevt Saida Nuritdinova javob beradi

Tongda oynaga qarab qovoqlari osti shishgani ko`rgan kishininig kayfiyati buzilishi tabiiy. Chunki ertalabdan ishga, o`qishga borib odamlar bilan muloqotda bo`ladigan kishi tetik, sog`lom ko`rinishni xohlaydi.

Faqat uyqusizlik emas...

Xo`sh, qovoklarlar osti nima sababdan shishadi va undan qanday qutulish mumkin? Keling, avvalo qovoqlar osti nima sababdan shishishini o`rganamiz.

Bunga faqat kechasi ko`p suyuqlik ichish yoki tunda uxlamaslik sabab bo`ladi deyish xato. Bunga odam ichki organlarining kasalliklari ham sabab bo`lishi mumkin.

Qovoq osti shishiga:

-muddati o`tgan, sifatsiz kosmetikadan foydalanish,

-kechqurun ichilgan spirtli ichimliklar,

- kashandalik,

-uyqusizlik, depressiya, stress,

-uyqudan oldin sho`r eguliklar eyish,

-noto`g`ri ovqatlanish (sho`r achchiq, yog`li ovqatlarni haddan tashqari ko`p eyish), semizlik sabab bo`lishi mumkin.

Agar siz sog`lom turmush tarafdori bo`lib, yuqridagi sabablar sizga tegishli bo`lmasa unda qovok osti shishi sabablarini aniqlash uchun shifokorga murojaat etishingiz va tekshiruvlardan o`tib, bu holatga nima sabab bo`lganini aniqlashingiz kerak.

Qaysi xasataliklar sabab bo`lishi mumkin?

  • yurak yoki buyrak etishmovchiligi,
  • allergik reaksiyalar.
  • Davosi bormi?

    Qovoq osti shishishi davolanishning zamonaviy kosmetologiya va xalq tabobati usullari bor.

    Zamonaviy kosmetologiya:

  • infraqizil lazer,
  • mikrotoklar,
  • limfodrenaj,
  • qovoq osti terisi uchun piling.

  • Xalq tabobati

  • ko`z atrofi terisini tortuvchi tabiiy niqoblar,
  • moychechak, qora choy, suvdan tayyorlangan sovuk kompresslar,
  • muz bo`lakchalari, moychechak, mavrak,eman, damlamalari.

  • Uy sharoitida tayyorlanadigan niqoblar:

  • o`tlardan tayyorlanadigan kompresslar.Qovoq osti shishishini yo`qotish uchun moychechak, rozmarin, yalpiz barglari, jo`ka barglaridan foydalaning. Bir piyola qaynok suvga bir qoshiq quritilgan o`tlar jamlanmasidan solib ustini yopib damlab qo`yasiz. Sovigan, tayyor damlamadan qovoq ostiga kompress qilasiz.
  • 1qoshiq choyga 1 qoshiq quritilgan moychechakni aralashtirib bir piyola qaynagan colib damlang va sovugach, damlamaga paxta botirib qovoqlar ustiga qo`ying.
  • Kartoshkadan bo`tqa tayyorlang, sovugach, dokaga solib, qovoqlaringiz ustiga qo`ying. Bu niqob qovoq osti shishini yo`qotibgina qolmay, terini yoshartiradi. Agar kartoshkani qaynatishga vaqtingiz etmasa, unda xom kartoshkani 2 bo`lakka bo`lib ko`zingiz ustiga qo`yishingiz, yoki kartoshkani qirg`ichdan o`tkazib petrushka, shivitni maydalab to`g`g`ab, dokaga o`raysiz. Bu kompress ham qovoqlarga qo`yiladi.
  • Bodringni qirg`ichdan o`tkazib qovog`ingiz qo`ying, ustidan iliq sutga botirilgan paxtani qo`ysangiz yanada samarali bo`ladi.
  • Petrushkani go`sht maydalagichdan o`tkazib (1 qoshiq) achchiq choy damlamasi bilan aralashtirib ko`zingizga kompress qiling.
  • 2 koshiq smetanaga 1 qoshiq maydalangan petrushkani aralashtirib niqob tayyorlang va ko`z ustiga qo`ying.
  • Asalni eritib 1 qoshig`ini 1 qoshiq bug`doy uni va bitta tuxum oqini aralashtirib niqob tayyorlang va qovoq ustiga qo`ying
  • Feruza Najimova tayyorladi

    Sharhlar

    Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

    06.08.2021, 17:47

    CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
    YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

    26.12.2017, 13:12

    — Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
    DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

    26.12.2017, 13:08

    — Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
    FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

    26.12.2017, 11:36

    Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
    Ob-havo: Toshkent
    Valyuta kursi
    1