1

Ispaniya Kubogi. “Barselona” Madridda “Atletiko”dan ustun keldi (Video)

Sport 02.02.2017, 08:29
Ispaniya Kubogi. “Barselona” Madridda “Atletiko”dan ustun keldi (Video)

Ispaniya Kubogi yarim final ilk o`yinida “Atletiko Madrid” jamoasi o`z maydonida “Barselona” futbolchilarini qabul qildi.

Murosasiz kechgan o`yinda kataloniyaliklar 2:1 hisobida g`alaba qozondi. O`yinning 7-daqiqasida Luis Suares individual mahorati evaziga hisobni ochgan bo`lsa, Lionel Messi 33-daqiqada hisobni oshirdi.

Uchrashuvning 59-daqiqasida “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann hisobni qisqartirdi. Jamoalar o`rtasidagi javob o`yini “Kamp Nou” stadionida bo`lib o`tadi.

“Atletiko” – “Barselona” 1:2 (0:2, 1:0)

Gollar: 0:1 – 7 Suares, 0:2 – 33 Messi, 1:2 – 59 Grizmann.

“Atletiko” – Moyya, Godin, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Ferreyra Karrasko (Gameyro, 70), Gabi, Koke, Saul (Gaytan, 59), Grizmann, Vrsalko (Torres, 46).

“Barselona” – Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Maskerano, Rakitich (Denis Suares, 58), Serdji Roberto, Andre Gomesh (Rafinya, 72), Neymar, Messi, Suares.

Ogohlantirishlar: Saul (31), Savich (39), Neymar (64), Grizmann (75), Gabi (84), Messi (90), Maskerano (90), Xuanfran (90).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1