4,9 milliondan ortiq odam AQSh prezidenti Donald Trampning siyosatiga qarshi e`lon qilingan petisiyaga imzo chekdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Donald Tramp etti musulmon mamlakati Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan davlatlarining fuqarolarini 90 kunga va suriyalik qochoqlarni qabul qilishni 120 kunga to`xtatish haqidagi “Mamlakatni himoya qilish maqsadida chet ellik terrorchilarni AQSh hududiga kiritmaslik” to`g`risidagi farmonini e`lon qilgan edi.
Ilgari Reuter va Ipsos agentligi o`tkazgan so`rovnomada 1201 kishi ishtirok etib, Donald Trampning farmonini qo`llab-quvvatlagan edi.






