1

Aziz Ibragimov Eronning “Mashinasozi” jamoasi bilan shartnoma imzoladi

Sport 02.02.2017, 11:01
Aziz Ibragimov Eronning “Mashinasozi” jamoasi bilan shartnoma imzoladi

2016 yilgi mavsumni “Buxoro” jamoasida o`tkazgan yarim himoyachi Aziz Ibragimov Eronning “Mashinasozi” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

30 yoshli futbolchi Tabriz shahri sharafini himoya qilayotgan “Mashinasozi” klubining tibbiy ko`rikdan muvaffaqiyatli o`tdi. Ayni vaqtda “yashillar” laqabi bilan tanilgan jamoa Eron Pro Ligasida 20-turdan keyin 10 ochko bilan so`nggi – 16-o`rinda bormoqda.

Aziz Ibragimov faoliyati davomida “Traktor” (2004–2005), “Sho`rtan” (2005), “Mash`al” (2006), “Slovan Bratislava” (Slovakiya, 2007–2008), “Bogemians 1905” (Chexiya, 2008–2011), “Sindao Jonun” (Xitoy, 2011–2012), “Banik Most” (Chexiya, 2013), “Cheske Budeyovise” (Chexiya, 2013), “Bogemians Praga” (Chexiya, 2013–2014), “Andijon” (2014), “Dinamo Samarqand” (2015) va “Buxoro” (2015–2016) klublarida to`p surgan.

Shuningdek, tajribali futbolchi 2007–2011 yillar davomida O`zbekiston terma jamoasi safida to`p surib, 17 uchrashuvda 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1