1

2007 yilning Osiyodagi eng yaxshi murabbiy Rauf Inileev jarroh stoliga yotdi

Sport 02.02.2017, 14:48
2007 yilning Osiyodagi eng yaxshi murabbiy Rauf Inileev jarroh stoliga yotdi

Toshkentning “Obod” jamoasi bosh murabbiyi Rauf Inileev jarrohlik stoliga yotdi. Yanvar oyining ikkinchi o`n kunligida oyog`idagi muammolar sababli tibbiy ko`rik uchun Rossiya poytaxti Moskvaga uchib ketgan Rauf Inileev jarrohlik stoliga yotdi.

Avvalgi rejaga ko`ra, Rauf Talgatovich shifokorlar ko`rigida bo`lishi va davolanib, 25 yanvar kuni O`zbekistonga qaytishi lozim edi, biroq rossiyalik shifokorlar tajribali mutaxassisga jarrohlik stoliga yotishni tavsiya qildi.

31 yanvar kuni jarrohlik amaliyoti bo`lib o`tdi va aytish kerakki, hozir hammasi joyida. Rauf Talgatovichning sog`lig`i borasida hech qanday muammo yo`q. Jamoamiz bosh murabbiyi shu kunlarda shifoxonada bo`lib turibdi. Tez orada mutaxassis O`zbekistonga qaytadi va klubdagi ishini davom ettiradi.

“Turli mish-mishlarga chek qo`yish maqsadida aytib o`tmoqchimiz, Rauf Inileev “Obod”ni tark etgani yo`q. Aksincha, klub mutasaddilari jamoa ustozini shunday vaqtda har tomonlama qo`llab-quvvatlashga harakat qilyapti”, – deyiladi klub matubot xizmatining xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1