1

Bahodir Nasimov Janubiy Koreyaning “Ansan Griners” klubi a`zosiga aylandi

Sport 02.02.2017, 17:32
Bahodir Nasimov Janubiy Koreyaning “Ansan Griners” klubi a`zosiga aylandi

O`zbekistonlik hujumchi Bahodir Nasimov Janubiy Koreyaning ikkinchi divizioni vakili – “Ansan Griners” klubi bilan shartnoma imzoladi.

O`FF matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Bahodir Nasimov 2016 yilgi mavsumni Toshkentning “Bunyodkor” safida o`tkazib, 26 uchrashuvda 8 ta golga mualliflik qilgandi.

29 yoshli futbolchi faoliyati davomida Samarqandning “Dinamo” (2007–2010), Qoonning “Rubin” (2010–2011), Bokuning “Neftchi” (2011–2014) hamda Eronning “Padideh” klublarida to`p surgan. Bundan tashqari, u 2009–2015 yillar davomida O`zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib, 20 o`yinda 5 ta gol kiritgan.

Ma`lumot uchun, “Ansan Griners” 2016 yilning yozida tashkil topgan. Klub stadioni Ansan Wa Stadium 35 ming muxlisni o`z bag`riga sig`dira oladi. Ayni vaqtda jamoa shaklllanishda davom etmoqda. Hozirgi kunda “Ansan Griners” safida chernogoriyalik Luka Rotkovich va braziliyalik Uilliam Enrike kabi legioner futbolchilar bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1