1

Ispaniya Kubogi. “Selta” va “Alaves” dastlabki o`yinda gol kiritmadi

Sport 03.02.2017, 09:09
Ispaniya Kubogi. “Selta” va “Alaves” dastlabki o`yinda gol kiritmadi

Ispaniya Kubogi musobaqasining ikkinchi yarim final dastlabki o`yinida “Selta” va “Alaves” klublari o`zaro kuch sinashdi.

Anchagina qiziqarli va teng kurashlar ostida o`tgan bellashuvda hisob ochilmadi va tomonlar nursiz durangga imzo chekdi. Jamoalar o`rtasidagi javob o`yini 9 fevral kuni “Alaves” maydonida o`tkaziladi.

Eslatib o`tamiz, musobaqaning birinchi yarim final ilk o`yinida “Barselona” safarda “Atletiko Madrid”ni 2:1 hisobida taslim qilgandi.

"Selta" – "Alaves" 0:0

"Selta": Alvares – Ugo Malo, Ronkalya, Kabral (Serxi Gomes, 81), Kastro – Dias, Radoya, Vass (Gvidetti, 77), P. Ernandes, Bongonda (Sisto, 69) – Aspas

"Alaves": Pacheko – Femenya, Fedal, Laguardiya, T. Ernandes – Manu Garsiya, Markus Lorente, Tokero (Mendes, 63), Kamarasa (Romero, 84), Ibai Gomes (Vigaray, 75) – Deyverson

Ogohlantirishlar: Bongonda, 33 – Lorente, 60, Kamarasa, 68

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1