Qozog`istonning Aqtobe shahar polisiyasi va prokuraturasi mayda o`g`irliklarning oldini olish maqsadida shaharda cho`ntakkesarlik bilan shug`ullanuvchi jinoyatchilarning rasmlarini avtobus salonlariga ildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Shundan keyin mahalliy lo`lilarning baroni lo`li ayollarining xunuk suratlari ilinganidan norozi bo`lib, suratlarni plakatdan olib tashlashni polisiyadan talab qildi. U bunday xunuk suratlar “lo`lilarning imiji”ga salbiy ta`sir ko`rsatishini ta`kidladi. Polisiya uning talabini rad etdi.
Cho`ntakkesar o`g`rilarning suratlari Aqtobe shahrining 300 ta jamoat joyiga ilingan. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining so`zlariga qaraganda, suratlar ilingandan keyin shahar jamoatchilik transportlarida bir qancha jinoyatlar issiq izidan ochilgan.