AsosiyDunyo

​Eron sudi ayolning bir ko`zini ko`r qilishga hukm chiqardi

'​Eron sudi ayolning bir ko`zini ko`r qilishga hukm chiqardi'ning rasmi

Eron sudi jabrlanuvchining yuziga kislota sepgan ayolga jazo sifatida uning ham bir ko`zini ko`r qilish uchun hukm chiqardi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Eronda 1979 yildagi islom inqilobidan keyin, shariat qonunlariga asosan jinoyatchi jabrlanuvchiga qanday tan jarohati etkazgan bo`lsa, unga ham aynan shu jazo qo`llanadi.

Voqea Mahshehr shahrida bo`lib o`tgan. Bundan ikki yil ilgari ayol jabrlanuvchiga tashlanib, uning yuziga kislota sepgan. Voqea tafsilotlari, jinoyatchi ayol va jabrlanuvchining nomi oshkor etilmagan.

Boshqa yangiliklar