1

​Shahzoda: “Ravshan menga uylanmoqchi ekanligini birinchi bo`lib Lolaga aytgan”

Shou-biznes 04.02.2017, 11:34
Teglar: Shou-biznes, Lola Yo`ldosheva, Shahzoda
​Shahzoda: “Ravshan menga uylanmoqchi ekanligini birinchi bo`lib Lolaga aytgan”

Xonanda Shahzoda jurnalist Jasur Hamroev bilan Facebook orqali jonli ravishda muloqot qildi. Muxlislar xonandaga o`zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniga ega bo`ldi.

Muxlislardan biri Shahzodaga “Turmush o`rtog`ingiz bilan sevib turmush qurganmisiz?” deb savol berdi. Xonanda mazkur savolga javob berar ekan turmush o`rtog`i,xonanda Lolaning otasi Ravshan Yo`ldoshevning oilasini buzgani haqidagi mish-mishlarga ham barham berdi:

—Ravshan Yo`ldoshev rafiqasi bilan 1998 yilda ajrashgan. O`shanda men u bilan tanish emasdim. Men Ravshan bilan 2000 yilda tanishganman. U 6 yil davomida mehrimni qozonishga harakat qilgan. Men vijdonlilik, intizom va haqqoniylik doim birinchi o`ringa qo`yiladigan oilada katta bo`lganman. Shuning uchun ham u meni o`zining vijdonli, chiroyli qalb egasi ekanligi bilan mehrimni qozondi.

Agar biron inson birinchi nikohida topolmagan baxtin ikkinchi nikohida topsa, men buni to`g`ri qabul qilaman. Men qandaydir sabablarga ko`ra, birinchi oilasi bilan ajrashganlarga qarata aytmoqchiman: Hali hammasi yaxshi bo`ladi. Hayotda birinchi oilasi bilan ajrashib, ikkinchi marta mustahkam oilalar bunyod etilgan holatlari ko`p uchraydi.

Ravshandagi og`ir-vazminlik, o`ylab ish tutish, kam va past ovozda gapirishi kabi xislatlar menga manzur bo`lgan. Bundan tashqari, eng asosiyjihat esa u yaxshi ota. O`shanda, men u bilan tanishganimda ajrashgan bo`lishiga qaramay, farzandlarini jonidan oriq yaxshi ko`rishi e`tiborimni tortgan. U bolalarni judayam yaxshi ko`radi. Aqlligi, bolalarni sevishi, va albatta uning mehr to`la qalbi meni o`ziga rom etgan.

“Turmush o`rtog`ingizning birinchi nikohidan bo`lgan farzandlari sizlarning turmush qurishingizga qanday munosabat bildirdi?” degan savolga Shahzoda quyidagicha javob berdi:

—Hamma Shahzoda Lola bilan dugona edi. Keyin uning otasini tortib oldi, oilasini buzdi, deb gapirishadi. Ravshan meni Lola bilan o`zi tanishtirgan. Biz u bilan “Sevinch” filmida birga suratga tushganmiz. Ravshan o`shanda men bilan uchrashib yurardi. Ravshan menga uylanishi haqida birinchi bo`lib, Lolaga aytgan. Ravshan Lolaga:“Onang bilan, afsuski munosabatlarimiz yakun topdi. Men aynan Zilola bilan oila qurmoqchiman” degan. Ravshanning aytishicha, o`shanda Lola judayam xursand bo`lgan. Otasiga uni baxtli bo`lishini istashini aytgan. Shundan so`ng biz Lola bilan tez-tez gaplashadigan bo`ldik. Keyin u turmushga chiqdi. Biz uning to`yiga bordik. 5 yil uning ijodida tanaffus bo`ldi. Keyin esa bizning munosabatlarimizga nimadir bo`ldi... Nimaligini bilmayman.

Sharhlar

Zoxirshoh Jo`raev Botir Qodirov uning akasi ekani haqidagi mish-mishlarga nuqta qo`ydi

06.11.2019, 12:06

Zoxirshoh Jo`raev "Milliy" telekanalining "Nishondasiz" ko`rsatuvida ishtirok etib, oilaviy mish-mishlarga nuqta qo`ydi...Ko`rsatuv davomida boshlovchi Zoxirshohdan Botir Qodirov Sherali Jo`raevning farzandi ekani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritishini...
Shahzoda jonli ijro haqida gapirdi...

03.07.2018, 10:53

Xonanda Shahzoda jonli ijroda ijod qilish haqidagi savollarga javob berdi. Uchrashuvdagi qiziqarli savol-javoblarni e`tiboringizga havola etamiz... — Amerikalik xonanda Ronni Jeyms Dio “Fonogrammada berilgan kosertga...
Parizodaning qizi mashhur xonandaning klipida rol o`ynadi

02.07.2018, 22:13

Shahzodaning instagram sahifasini kuzatadigan bo`lsak, ijodiy faoliyatini virtual kuzatish, yangiliklaridan boxabar bo`lib turish mumkin...Misol uchun, xonanda sal kam bir oydan buyon reklama qilayotgan "Jajji qizaloq"...
Shahzoda jonli ijro haqida...

02.07.2018, 21:33

Xonanda Shahzoda jonli ijrodagi konsert berish haqilagi savollarga javob berib o`tdi...— Amerikalik xonanda Ronni Jeyms Dio “Fonogrammada berilgan kosertga kserokopiya qilingan pul to`lash kerak”, degandi....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1