O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva o`z intervyularidan birida hamkasbi, sobiq dugonasi Shahzoda bilan duet kuylashi mumkinligini aytib o`tgan edi. Gap shundaki, Rayhonning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bir qiz murojaat qilib, u og`ir dardga chalinganini va uning eng katta orzusi Rayhon va Shahzoda ijrosidagi duetni tinglash ekanligini aytgan. Shuning uchun ham Rayhon agar haqiqat ham shunday qiz bo`lsa, Rayhon uning orzusini amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirgan edi.
Shahzoda jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda “Rayhon bilan duet kuylash niyatingiz bormi?” degan savolga qat`iy “yo`q” deya javob berdi.
Rayhon bilan qachonlardir do`st bo`lgani va bu do`stlikka nima uchun putur etgani haqida Shahzoda shunday deydi:
“O`rtamizda gina-kudratlar bo`lgan. Hozir buni eslashni xohlamayman. Hammasi o`tib ketdi. Afsuski, do`stligimizni endi qaytarib bo`lmaydi. Biz ikkilamiz ham etarli darajada etuk insonlarmiz. Hozirda hayotimda men behad yaxshi ko`radigan va hurmat qiladigan, mehribon va oqko`ngil do`stlarim bor. Afsuski, hayotda shunday bo`lib turadi”.
Toshkentda sirpanchiq yo`lda harakatlangan yo`lovchi avtobusi ag`darilib ketdihttps://t.co/SxnBAM7kE2
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 6 fevralya 2017 g.