1

​Infarktdan qochishning 10 yo`li

Salomatlik 06.02.2017, 12:21
Teglar: Salomatlik
​Infarktdan qochishning  10 yo`li

O`tgan sonlarimizda infarktni oldini olish haqida mutaxassislar maslahatlarini chop etgan edik. Bugungi sonimizda ushbu kasallikni oldini olishda parxezning muhim ahamiyati haqida so`z yurtimoqchimiz. Shifokorlarning ta`kidlashicha, infarktni oldini olish yoki uning qaytalanmasligi uchun tibbiy muolajalardan tashqari bemorning taomnomasiga ham alohida e`tibor berish zarur ekan.

Bu borada oliy toifali kardiolog Dilorom Madaminova tavsiyalariga quloq tutamiz...

Infarktni boshidan kechirgan kishi taomnomasi tarkibini o`zgartirishi lozim. Bu davolanish va reabilitasiya prosessinining asosiy omilidir. Ba`zi bir oziq-ovqat mahsulotlariga dori sifatida qarash ham mumkin.

E`tiboringizga infarktga chalingan (bu taomnoma uni oldini olishda ham yaxshi natija beradi) bemor organizmi uchun zarur bo`lgan 10 ta kerakli oziq-ovqat mahsulotini havola etamiz.

1.Ko`k choy. Uning tarkibida xolesterinni kamaytiruvchi va qonning bosimini normallashtiruvchi bir necha antioksidanlar bor.

2.Zaytun moyi. Boshka yog`lardan ko`ra zaytun ko`p miqdorda antioksidanlar mavjud bo`lib, bu yurak-tomir kasalliklariga foydalidir.

3.Yaxshi tuyilmagan don mahsulotlari. Mutaxassislarning fikricha yaxshi tuyilmagan don mahsulotlarni qanchalik ko`p iste`mol qilinsa, infarktga chalinish ehtimoli shunchalik kam buladi. Masalan, dag`al bug`doy unidan tayyorlangan non, suli yormalari...

4.Balik mahsulotlari. Baliq mahsulotlari xolesterin yaxshi so`rilishiga yordam beradi. Olimlarning fikricha har kun 180 gramm dengiz balig`i iste`mol qilinsa, infarktga chalinish 60%ga kamayadi, stenokardiya va surunkali yurak kasalliklari esa 37% ga kamayadi.

5.Meva sharbatlari. Ayniqsa apelsin va uzum sharbatlari foydali. Apelsin sharbatida foliy kislota mavjud bo`lib, organimzda infarkt xavfini tug`diradigan gomosistein tarkibini kamaytiradi. Uzum sharbati esa antioksidant moddalariga boy bo`lib arteriyalarda tromb hosil bo`lishining oldini oladi .

6.Meva va sabzavotlar taomnomangizning asosini tashkil etsin. Bir kunda 5- 7 dona meva va sabzavot eyishni odat qiling. Yurak qon tomirlari uchun kerakli moddalar va antioksidantlar olma, karam, gul karam, brokkolida juda ko`p.

7.Yong`oq. Tekshirishlar va tajribalar shuni ko`rsatadiki, bir kunda 150 gramm yong`oq iste`mol qilish yurak xastalaklarini va infarkt xavfi omilini 3 marotabaga qiskartiradi.

8.Zig`ir moyi. Bu yog` kislotalarga boy. Kanadalik kardiologlar tekshiruvlari shuni ko`rsatdiki, zig`ir moyini ovqatda doimiy ishlatish infarktga olib keluvchi tromblar hosil bo`lishini oldini oladi. Bu yog`ni ovqatda muntazam ishlatish infarktga olib kelishni 46 foizga kamaytiradi.

Bir kunda 2 osh qoshik zig`ir moyini bo`tqa, salat va boshqa ovqatlarga qo`shib iste`mol qilish foydali.

9. Soya. Bugungi kunda oshiqcha xolesterin bilan kurashish uchun eng kuchli va xavfsiz mahsulot bu soya. U organizmdan faqat “yomon” xolesterinni haydab, zarur bo`lgan xolesterin formasiga tegmaydi. Parhezchilarning fikricha, har kuni 25 gramm soyali oqsil iste`mol qilish infarkt va insultga chalinish xavfini kamaytiradi.

10. Sarimsoq. Kuniga 3 marta bir bo`lak sarimsoq eyish infarkt xavfini kamaytiradi. Sarimsoq arteriya to`silib qolishi, tromb hosil bo`lishini oldini oladi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1