1

“Al-Fath” – “Nasaf” va “Al-Jaish” – “Bunyodkor” | Prevyu —

Sport 07.02.2017, 10:47
Teglar: Futbol, O`zbekiston
“Al-Fath” – “Nasaf” va “Al-Jaish” – “Bunyodkor” | Prevyu —

Bugun, 7 fevral kuni O`zbekistonning ikki klubi – Qarshining “Nasaf” va Toshkentning “Bunyodkor” jamoalari Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasining guruh bosqichiga chiqish maydonga tushadi.

OChL–2017 turnirini o`tish bosqichida boshlab, Bahrayn chempioni “Al-Hidd”ni 4:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan Qarshining “Nasaf” jamoasi Saudiya Arabistonida “Al–Fath” mehmoni bo`ladi. Mazkur bellashuv g`olibi “B” guruhiga yo`l oladi va “Istiqlol Huziston” (Eron), “Lahviya” (Qatar) hamda “Al-Jazira” (BAA) klubilari bilan kuch sinashadi. “Nasaf” ishtirokidagi o`yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi va Sport telekanali orqali jonli ravishda namoyish etiladi.

Uchrashuv oldidan har ikki jamoa bosh murabbilari o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

“Al-Fath” ustozi Fathi Al Jabal: “Nasaf”ga qarshi o`yinga yaxshi tayyorgarlik ko`rdik, uchrashuvda maydonga tushishi kerak bo`lgan tarkibimizni aniqlab, ularni har tomonlama o`yinga tayyorladik. Bizning maqsadimiz g`alaba qozonib, OChL guruh bosqichiga chiqish. “Nasaf”ni har tomonlama o`rganib chiqdik, jamoa OChL musobaqalarida katta tajribaga ega. Shunday bo`lsa-da, biz o`z maydonimizda – muxlislarimiz ko`z o`ngida o`ynaymiz. O`ylaymanki, bizga bu qo`shimcha kuch bag`ishlaydi.

“Nasaf” bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev: “Al-Fath” Saudiya Arabistonining kuchli jamoalaridan biri. Bizlarning asosiy maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish, buning uchun bo`lajak o`yinga futbolchilarimizni astoydil tayyorladik. Ertaga biz bor kuchimiz bilan, g`alaba uchun harakat qilamiz. Ijobiy natija uchun, ertaga bor mahoratimiz va kuchimizni ishga solamiz.

“Al-Fath” (Saudiya Arabistoni) – “Nasaf” (O`zbekiston)
7 fevral, 2017. Al-Ahsa. “Abdulla Bin Jalavi” stadioni, 20:00
Bosh hakam: Ko Xyuing Jin (Janubiy Koreya);
Qanot hakamlari: Park Sangjun, Song Bonkyun (har ikkisi Janubiy Koreya);
Zaxira hakami: Kim Vusang (Janubiy Koreya);
Hakamlar nazoratchisi: Abdul Karim Said Husayniy (Iordaniya);
Uchrashuv komissari: Kemel Tukabaev (Qirg`iziston).

Toshkentning “Bunyodkor” klubi esa Qatarda “Al-Jaish” bilan kuch sinashadi. Toshkentliklarning O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Sardor Rashidov to`p surayotgan Qatar klubiga qarshi bahsi Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da start oladi. Ushbu o`yin Sport telekanalida kechki dasturda yozib olingan holda namoyish etiladi. “Al-Jaish” – “Bunyodkor” o`yini g`olibi “C” guruhida “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) “Zob Ohan” (Eron) va “Al-Ayn” (BAA) klublariga ro`baro keladi.

Uchrashuv oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari fikrlari:

“Al-Jaish” bosh murabbiyi Sabri Lyamushi: “Bunyodkor” haqida iliq fikrlar bildirishim mumkin. Bu jamoa Osiyoning etakchi klublaridan biri. Jamoa yosh futbolchilardan tashkil topgan. “Bunyodkor”ga qarshi o`yin juda qiziqarli o`yin bo`ladi, deb o`ylayman. “Al-Jaish” kurashga tayyor. Chempionatdagi ishlarimiz yurishmayotan bo`lsa-da, Osiyo Chempionlar Ligasiga bu jihat ta`sir o`tkazmaydi. Biz uyda o`ynaymiz. G`olib esa bitta o`yin natijasiga ko`ra aniqlanadi. Shunday ekan, “Al-Jaish”da kichik ustunlik bor va bundan foydalanishga harakat qilamiz.

Sergey Lushchan: Pley-off uchrashuvini ilk bor safarda o`tkazyapmiz. Fikrimcha, bu jihat bizga qo`shimcha muammolar to`g`dirmaydi. “Bunyodkor” mehmonda o`ynashni juda yaxshi biladi. Imkoniyatlar teng. Bo`lajak bahsga maxsus reja asosida tayyorgarlik ko`rdik. Jami 12 ta nazorat uchrashuvi o`tkazdik va jamoani yanada shakllantirdik. Qo`l ostimdagilar Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasi qadrini juda yaxshi tushunadi va buni yaxshi his etib turishibdi. Biz bahsga tayyormiz.

“Al-Jaish” (Qatar) – “Bunyodkor” (O`zbekiston)
7 fevral, 2017. Doha. “Abdulloh bin Xalifa” stadioni, 20:15
Bosh hakam: Adham Makhadmeh (Iordaniya);
Qanot hakamlari: Ahmad Al Roalle, Issa Mahmud Al Amavi (ikkalasi Iordaniya);
Zaxira hakami: Murod Ahmad Al Zavahreh (Iordaniya);
Uchrashuv komissari: Mindu Dorji (Butan).

Sharhlar

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1