AsosiyDunyo

​Turkiya qirg`oqlarida zilzila bo`ldi

'​Turkiya qirg`oqlarida zilzila bo`ldi'ning rasmi

Turkiyaning g`arbiy qirg`og`ida yana bir kuchli zilzila sodir bo`ldi, er osti silkinishining magnitudasi 5,3 ballga etdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Zilzila Chanaqqal`a viloyatining Ezine shahrida seshanbaga o`tar kechasi sodir bo`ldi. Zilzila o`chog`i etti kilometr chuqurlikda joylashgan. Tumandagi vayronagarchilik va jabrlanganlar haqida hech qanday xabar yo`q.

Yaqinda Turkiyaning g`arbida 5,2 balli yana bir zilzila sodir bo`lgan edi. Mazkur zilzila oqibatida yuzga yaqin bino vayron bo`lgan va 5 kishi jabrlangan.

Boshqa yangiliklar