AsosiySport

OChL–2017. “Nasaf” safarda “Al-Fath”ga engildi va turnirni tark etdi

'OChL–2017. “Nasaf” safarda “Al-Fath”ga engildi va turnirni tark etdi 'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida Qarshining “Nasaf” jamoasi safarda Saudiya Arabistoni vakili “Al-Fath” bilan o`zaro bahs olib bordi. Musobaqaning guruh yo`llanmasi uchun kechgan o`yinda saudiyaliklar 1:0 hisobida zafar quchdi.

Qarshiliklar o`yinni ancha faol boshladi, bir qator vaziyatlarga ega bo`ldi. Ammo birinchi bo`lim yakunida Andre Monteyro jarima zarbasidan Sanjar Quvvatov darvozasiga gol urdi. Mazkur gol o`yinda yagonaligicha qoldi va “Nasaf” musobaqani tark etishga majbur bo`ldi.

“Al-Fath” esa OChL–2017 musobaqasining guruh bosqichiga yo`llanma oldi. Jamoa “B” guruhi “Istiqlol Huziston” (Eron), “Lahviya” (Qatar) hamda “Al-Jazira” (BAA) klubilari bilan kuch sinashadi.

OChL–2017. Pley-off bosqichi

“Al-Fath” (Saudiya Arabistoni) – “Nasaf” (O`zbekiston) 1:0

Gol: Andre Monteyro (45)

Ogohlantirishlar: Al Bulayhi (33), Majid Hazazi (38) – Bahrom Abdurahimov (23), Igor Golban (31), Farruh Sayfiev (71).

“Al-Fath”: Abdulloh Alovayshir, Majid Hazazi, Abdulloh Al Ammar, Ali Al Bulayhi, Abdulla Aldavshari, Riyod Sharahili, Nuh Al Muso, Tavfiq Buhaymid, Hamad Al Hamed (Axmad Al Muborak, 72, Sayof Al Bishi, 90), Andre Monteryo (Hamdan Al Hamdan, 83), Natxan Junior.

“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Akmal Shorahmedov (Islom Kenjaboev, 82), Maqsud Karimov (Shahboz Erkinov, 61), Azizjon G`aniev (Bobir Abduxoliqov, 90), Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, Sherzod A`zamov, Odiljon Hamrobekov, Farruh Sayfiev, Doniyor Narzullaev, Dragan Cheran.

Boshqa yangiliklar