AsosiyJamiyat

​“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini amalga oshirishga 37,7 trln so`m va $8,3 mlrd. yo`naltiriladi

'​“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini amalga oshirishga 37,7 trln so`m va $8,3 mlrd. yo`naltiriladi'ning rasmi

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida belgilangan barcha chora-tadbirlarini amalga oshirishga 37,7 trillion so`m va 8,3 milliard AQSh dollari yo`naltiriladi.

Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mas`ul davlat organlari va tashkilotlar quyidagilarga alohida e`tibor qaratishlari belgilandi.

1.Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo`lga qo`yishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish, mansabdor shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini amalda tatbiq etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bo`lgan ishonchini mustahkamlashga;

2.Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko`rib chiqishda byurokratik to`siq va g`ovlar yaratilishiga, aholi bilan muloqot jarayonini kampaniyabozlikka aylanishiga yo`l qo`ymaslikka;

3.Davlat dasturi doirasida o`tkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda fuqarolar, barcha darajadagi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng ishtirok etishiga.

Davlat dasturi bajarilishining borishi to`g`risidagi umumlashtirilgan axborot har chorakda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taqdim etib boriladi.

Boshqa yangiliklar