AsosiyDunyo
3789

​Matbuot kotibidan Trampning hafsalasi pir bo`ldi

'​Matbuot kotibidan Trampning hafsalasi pir bo`ldi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyning matbuot kotibi bo`lgan Shon Spayserning ish faoliyatidan norozi bo`ldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Nashrning xabar berishicha, ma`muriyat Oq uyning kommunikasiya xizmati direktorligi vazifasiga odam qidirmoqda. Ilgari mazkur vazifani Shon Spayser matbuot kotibligi bilan birga olib borgan. Ikki kishining vazifasini Shon Spayserga topshirishni Oq uy xodimlari boshqarmasining boshlig`i Rayan Pribus Donald Trampga maslahat bergan. Bugunga kelib, Tramp Pribusning maslahatiga amal qilib, mazkur vazifani Spayserga topshirganidan afsuslandi. U lavozimga o`tirgan ilk haftadanoq matbuot kotibining ishidan qoniqmadi. Trampning matbuot kotibining ish faoliyatidan norozi bo`lishiga nima sabab bo`lganligi oshkor etilmadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar