AsosiySport

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi hashamatli uy sotib oldi (Foto)

'"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi hashamatli uy sotib oldi (Foto)'ning rasmi

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba shahar yaqinidan 3,4 million evroga uy sotib oldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, 23 yoshli futbolchi mankunianliklar safiga o`tgandan buyon mehmonxonada istiqomat qilib kelgan. Pogbaning yangi uyida beshta yotoqxona, basseyn va bilyard stoli o`rnatilgan xona bor.


Ilgari ushbu uyda "MYu"ning sobiq hujumchisi Xaver Ernandes istiqomat qilgan. Bu uydan "MYu" qarorgohiga qadar yo`l avtomobilda 20 daqiqa vaqtni oladi.


Boshqa yangiliklar