AsosiyDunyo
4337

​5 nafar uka-singillarini yong`indan qutqargan Yuliya Chernova mukofotga tavsiya etildi

'​5 nafar uka-singillarini yong`indan qutqargan Yuliya Chernova mukofotga tavsiya etildi'ning rasmi

5 nafar uka-singillarini yonayotgan uydan olib chiqqan Yuliya Chernovani FVV mukofotga tavsiya etdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Voqea Belgorod viloyatining Teterevino qishlog`ida ro`y berdi. Yuliyaning onasi o`tin terish uchun o`rmonga ketganida uyda yong`in chiqqan.

Avvaliga 10 yoshli Yuliya Chernova olovni o`zi o`chirishga harakat qilgan, ammo buning iloji yo`qligini ko`rgach, deraza oynasini mushti bilan sindirib, birin-ketin bolalarni tashqariga olib chiqqan. Unga qo`shnisi yordam bergan. Yong`in oqibatida uy batamom yonib ketgan. Ekspertiza xulosasiga ko`ra, yong`in chiqishiga elektr simining nosozligi sabab bo`lgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar