Xonanda Nilufar Usmonova “Darakchi” gazetasining “Uchrashuv” sahifasi mehmoni bo`ldi. Ayni damda to`rtinchi bor onalik baxtiga erishish arafasida turgan xonanda ijodi va shaxsiy hayoti borasidagi ko`plab savollarga javob berdi.
“O`g`illarim hozir aqlini tanigan, voyaga etganida, «onam vaqtini biz bilan o`tkazardi», deb eslab yurishadi. O`zim o`g`illarimning yoshida bo`lgan paytimni eslayman, har bir voqea kinotasmasidek ko`z oldimda qolgan. Bor e`tiborimni o`g`illarimga qaratishimning yana bir sababi, ko`zim yorigach, chaqaloq bilan ovora bo`lib qolaman. Farzandlarimning qaytarib bo`lmas onlaridan zavqlanib yashagim kelyapti. Ulg`ayishganida keyin istasam ham ularning vaqtini topolmayman. O`g`illarim onasining baxtli ayol ekanini ko`rib ulg`ayayotganidan xursandman. Onaning baxtini ko`rmay ulg`aygan o`g`illar ertaga rafiqasini qanday baxtli qiladi? Bu jihatlarni ham unutmaslik kerak!”,—deydi Nilufar Usmonova asosiy e`tiborini farzandlariga qaratayotganini izohlar ekan.
Xonanda bilan to`liq suhbatni “Darakchi” gazetasining bugun, 9 fevral kuni sotuvga chiqadigan 6-sonida o`qishingiz mumkin.