Charlie Hebdo jurnalining nemischa talqinidagi muqovasida Germaniya kansleri Angela Merkelning Bundestag saylovidagi raqibi hisoblangan Martin Shulsning boshini tanasidan judo qilgani aks etgan surat paydo bo`ldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Suratda Germaniya kansleri Angela Merkel bir qo`lida Shulsning tanasidan judo qilingan boshini, ikkinchi qo`lida esa qon tomib turgan pichoqni ushlab turgani aks etgan. Uning yoniga esa Der Spiegel nashri muqovasida chop etilgan AQSh prezidenti Donald Trampning “Ozodlik haykali”ining boshini uzib, ko`tarib turgani aks etgan kichkina surat joylashtirilgan. Kompozisiyaga “Spiegel o`quvchilari g`azabda!” degan izoh qo`shimcha qilingan. Nemis jurnali muqovasidagi Angela Merkelning surati esa nemis jurnalistlarining amerikalik hamkasablariga hurmatlari balandligini isbotladi.