Xitoyning Xubey viloyatida dangasa va lanj davlat xizmatchilarini aniqlash bo`yicha o`tkazilayotgan majlisda mudragan 6 nafar xitoylik amaldor jazolandi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Majlisda uxlab o`tirgan amaldorlarning suratlari ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. Xitoy kommunistik partiyasining intizomiy chora ko`rish byurosi mazkur amaldorlarni o`z faoliyatiga tanqidiy nazar tashlashga va omma oldida kechirim so`rashga majbur qildi.






