AsosiyDunyo

​Rossiyalik harbiylar “behosdan” uch nafar turk askarining o`limiga sababchi bo`ldi

'​Rossiyalik harbiylar “behosdan” uch nafar turk askarining o`limiga sababchi bo`ldi'ning rasmi

Turk armiyasi Suriyada yangi yo`qotishlarni boshdan kechirmoqda. Payshanba kuni “Islom davlati” guruhi jihodchilari bilan janglarda Al-Bob shahrida 5 nafar turk askari halok bo`lib, 10 nafari yaralangan edi. Kuni kecha ushbu hududda yana 5 nafar turk harbiylari halok bo`ldi.

Euronews bergan xabarlarga ko`ra, 3 nafar turk harbiylari Rossiyaning harbiy fazoviy kuchlari tomonidan “behosdan” amalga oshirilgan zarba oqibatida halok bo`ldi.

Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aniqlashtirishicha, vaziyat ikki tomonga ham tushunarli, shu sababdan kelishmovchiliklar yuzaga kelmadi. Ikki tomon ma`lumot almashish mexanizmini takomillashtirish zarurligi ta`kidlandi.

“Afsuski, vaziyat ochiq-oydin ko`rinib turibdi. Bizning harbiylar terrorchilarga zarba berayotganda turk tomonidan berilgan koordinatalarga tayanishgan”, — aniqlashtirdi Peskov.

Uning aytishicha, Vladimir Putin o`zining turkiyalik hamkasbi Rajab Tayip Erdo`g`onga qo`ng`iroq qilib, ta`ziya izhor qildi.

Al-Bob shahrini DAIShdan ozod qilish operasiyasida turk armiyasiga Suriya oppozisiyasining qurolli jangarilari yordam bermoqda. Turkiya hukumatining xabariga ko`ra, ular o`z harakatlarini Suriya armiyasi bilan to`qnashuvni oldini olish maqsadida Rossiya bilan kelishgan holda amalga oshirmoqda.

Boshqa yangiliklar