AsosiySport

Dele Alli APLda yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi

'Dele Alli APLda yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi 'ning rasmi

“Tottenxem” jamoasi yarim himoyachisi Dele Alli 2017 yilning ilk oyida eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bu haqda BBC Sport xabar bermoqda.

Angliyalik futbolchi yanvar oyida 5 ta o`yin o`tkazib, 5 ta urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Alli mazkur sovringa da`vogar Sheymus Koulman (“Everton”), Xarri Keyn (“Tottenxem”), Aleksis Sanches (“Arsenal”) va Gilfi Sigurdssonni (“Suonsi”) ortda qoldirdi.


Avvalgi oylar g`oliblari:

Avgust – Raxim Sterling (“Manchester Sti”)

Sentyabr – Son Xyon Min (“Tottenxem”)

Oktyabr - Eden Azar (“Chelsi”)

Noyabr – Diego Kosta (“Chelsi”)

Dekabr – Zlatan Ibragimovich (“Manchester Yunayted”)

Shuningdek, APLning o`tgan oydagi eng yaxshi murabbiyi deb “Suonsi” ustozi Pol Klement deb topildi. Uning qo`li ostida jamoa 4 ta o`yinda 3 ta g`alaba va 1 ta mag`lubiyat qayd etdi.


Boshqa yangiliklar