Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Sherobod tumanidagi Abu Iso Muhammad at-Termiziy ziyoratgohida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
2016 yil oktyabr oyida Shavkat Mirziyoev mazkur ziyoratgohga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishib, quruvchilarga tegishli ko`rsatmalar bergan edi.
Ayni paytda bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari keng miqyosda davom etmoqda. Majmua yonidagi qabriston obodonlashtirildi, 4,5 kilometr yo`lga asfalt yotqizildi, suv, elektr energiyasi va gaz tarmoqlari tortildi.
Davlatimiz rahbari bunyodkorlik ishlari bilan tanishar ekan, majmuani obod maskanga aylantirish, ziyoratchilarga qulay sharoitlar yaratish bo`yicha tavsiyalar berdi.