AsosiyDunyo

Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston prezidenti etib qayta saylandi

'Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston prezidenti etib qayta saylandi'ning rasmi

Turkmanistonning amaldagi rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov 97,69% ovoz bilan respublikaga uchinchi muddatga Prezident etib saylandi, deya xabar berdi mamlakat MSK raisi.

12 fevral kuni bo`lib o`tgan Prezident saylovida ro`yxatga olinganlarning 97,27% foizi qatnashdi.

Berdimuhamedovdan tashqari mazkur lavozim uchun 8 kishi kurash olib bordi.

Turkmaniston Demokratik partiyasi tomonidan nomzodi ilgari surilgan Gurbanguli Melikgulievich Berdimuhammedov umumiy ovozberuvchilarning 3 067 924 ovozini yig`di.

Qonun bo`yicha Turkmaniston MSK etti kundan kech bo`lmagan muddatda saylov xulosalarini taqdim etishi lozim.

Berdimuhammedov 59 yoshda. Uning tibbiyot fanlari doktori, iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy unvonlari mavjud. U Turkmaniston fanlar akademiyasining akademigi sanaladi. U rus va nemis tillarini biladi. Oilali, bir o`g`il va ikki qizning otasi.

Boshqa yangiliklar