AsosiyDunyo
3747

​Britaniyada XIX asrda qurilgan tarixiy cherkov yonib ketdi (Foto)

'​Britaniyada XIX asrda qurilgan tarixiy cherkov yonib ketdi (Foto)'ning rasmi

Yong`in kechqurun, cherkovda hech kim yo`q paytida boshlangan, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

11 fevral kuni Buyuk Britaniyaning Solford shahrining sharqiy Manchester qismida joylashgan “Me`roj cherkovi” (Church of the Ascension) batamom yonib ketdi. Yong`inga gaz chiqishi sabab bo`ldi.

Mazkur cherkov 1870 yilda qurilgan bo`lib, u nasroniy diniga sig`inuvchi odamlarni hozirgacha qabul qilgan. Zudlik bilan etib kelgan o`t o`chiruvchilar yong`indan hech kim jabrlanmaganligini ma`lum qildi. Olov binoni tezda qamrab olgani uchun o`t o`chiruvchilar cherkov atrofida yashaydigan odamlardan derazani ochmaslikni, ko`chaga chiqmaslikni talab qildi. Yong`in shaharning hamma nuqtasidan ko`rindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar