AsosiyDunyo

​Saratovda tez yordamga qo`ng`iroq qilgan erkakning uyiga dafn marosimi mashinasi etib keldi

'​Saratovda tez yordamga qo`ng`iroq qilgan erkakning uyiga dafn marosimi mashinasi etib keldi'ning rasmi

Yanvar oyining oxirida Rossiyaning Saratov shahrida yashovchi erkak 92 yoshli buvisi o`zini yomon his qilayotganligi tufayli 112 raqamli aloqa kanaliga qo`ng`iroq qilib, uni “Tez yordam” stansiyasi bilan ulab berishni iltimos qilgan, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Ammo kutilgan “Tez yordam” mashinasi o`rniga dafn marosimi bilan shug`ullanuvchi kompaniyaning tobut tashuvchi avtomobili etib kelgan. Oradan 40 daqiqa o`tgachgina reanimobil kelgan.

Saratov viloyat gubernatori Valeriy Radaev o`ribosari Ivan Kuzminga mazkur vaziyatga oydinlik kiritishga buyruq berdi. Prokuratura bu hodisa yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlab yubordi.

Boshqa yangiliklar