Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Garet Beyl jarohatidan forig` bo`ldi va umumiy guruh mashg`ulotlariga qo`shildi.
Uelslik futbolchi noyabr oxirida jarohat olgandi va o`shanda buyon ilk bor umumiy guruh mashg`ulotlarida ishtirok etdi.
Beyl mashg`ulotlarga qaytgan bo`lsada, bo`lajak o`yinlarda ishtirok eta olmaydi. Avvalroq, “Real” ustozi Zayniddin Zidan Beyl “Napoli”ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk o`yiniga sog`ayishga ulgurmasligini aytgandi.