2017 yil 12 fevral kuni soat taxminan 19:40 larda Samarqand viloyati, Paxtachi tumani hududida dahshatli YTH sodir bo`ldi.
Noma`lum haydovchi o`z boshqaruvidagi transport vositasida yo`lning o`ng tomonidan harakatlanib ketayotgan piyodalar – Paxtachi tumanida yashagan, 1977 yilda tug`ilgan ayolni va uning shu manzilda yashagan o`g`li – 1998 yilda tug`ilgan, kollej o`quvchisini urib yuborib, yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan joydan yashirindi. Oqibatda ayol hodisa joyida, o`g`li esa kasalxonada hayotdan ko`z yumdi.
O`zbekiston Respublikasi IIV YHHBBdan xabar berishlaricha, olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo`l-transport hodisasini Paxtachi tumanida yashovchi, 1962 yilda tug`ilgan fuqaro o`z boshqaruvidagi “VAZ-2121” rusumli avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, 13 fevral kuni qo`lga olindi.
Mazkur holat yuzasida hozirda Samarqand viloyati IIB tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.