AsosiySport

Serbiyalik futbolchi “Qo`qon-1912”dan ketdi

'Serbiyalik futbolchi “Qo`qon-1912”dan ketdi'ning rasmi

O`tgan mavsumda yaxshi o`yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan Nikola Valentich o`z yurtiga jo`nab ketdi. Serbiyalik himoyachi Farg`onada bo`lib o`tgan “Viloyat Hokimi Kubogi-2017”dagi g`alabada o`zining munosib hissasini qo`shgandi.

Lekin Nikola Valentichga tibbiy ko`rik natijalariga ko`ra shifokorlar futbol o`ynashga ruxsat berishmadi. U davolanishi lozimligini aytishdi. Shu bois himoyachi Serbiyaga qaytib ketdi.

"Qo`qon-1012" ko`rigida bo`lib turgan yana bir serbiyalik hujumchi Filip Rayevas xususida to`xtaladigan bo`lsak. Unga birinchi tibbiy ko`rikdan so`ng shifokorlar takroriy ko`rikka tavsiya qilishdi. Shuning uchun u maydonga tushgani yo`q. Alohida mashg`ulot o`tkazmoqda.

Boshqa yangiliklar