O`zbekistonlik hakamlar Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko, Ilgiz Tantashev, shuningdek, assistentlar Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov OFK musobaqalarida qo`shimcha hakamlar va video-assistentlik tizimini joriy etish bo`yicha maxsus kurslarga taklif etildi.
Mazkur kurslar shu yilning 7–11 mart kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida bo`lib o`tadi. OFK hakamlar departamenti maslahatchisi va texnik mutaxassisi Farhod Abdullaev ushbu kurslarda texnik instruktor sifatida ishtirok etadi.
OFK hakamlikni rivojlantirish bo`limi boshlig`i – o`zbekistonlik Karine Muradyan kurs koordinatori etib tayinlandi.






