AsosiySport

Messining “PSJ”ga qarshi dahshatli statistikasi

'Messining “PSJ”ga qarshi dahshatli statistikasi'ning rasmi

“Barselona” jamoasi EChL nimchorak finali ilk o`yinida safarda “PSJ” mehmoni bo`lib, 0:4 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.

Ushbu o`yinda kataloniyaliklar etakchisi Lionel Messi raqib darvozasi tomon biror marotaba ham zarba bera olmadi. Besh karra “Oltin to`p” sohibi parijliklar jarima maydonida biror marta ham to`pga teginmadi.

Bu holat Messida mavsumda birinchi bor sodir bo`lmoqda. Argentinalik futbolchining kechagi uchrashuvdagi statistikasi juda ham daxshatli ko`rinish oldi: gol – 0, aniq uzatma – 0, darvoza tomon zarba – 0, vaziyatlar yaratish – 0, aniq uzatmalar – 15%.

Boshqa yangiliklar