AsosiySport

Evropa Ligasi. “Roma” “Vilyarreal”ni “cho`ktirib” yubordi (Video)

'Evropa Ligasi. “Roma” “Vilyarreal”ni “cho`ktirib” yubordi (Video)'ning rasmi

Evropa Ligasi turniri 1/16 final dastlabki o`yinida “Vilyarreal” va “Roma” klublari o`zaro bahs olib borishdi.

Murosasiz va gollarga boy kechgan o`yinda rimliklar 4:0 hisobida zafar quchib, “sariq suv osti kemasi”ni cho`ktirib yubordi.

G`oliblar safida Edin Jeko xet-trik muallifi bo`ldi. Yana bitta golga Emerson mualliflik qildi. Shu tariqa “Roma” yirik g`alabani tantana qildi.

“Vilyarreal” (Ispaniya) – “Roma” (Italiya” 0:4 (0:1, 0:3)

Gollar: 0:1 – 32 Emerson, 0:2 – 65 Jeko, 0:3 – 79 Jeko, 0:4 – 86 Jeko.

“Vilyarreal” – Asenxo, Mario Gaspar, Musakko, Ruis, Kosta, Kastilexo (Chershev, 67), Trigeros, Soriano, Dos Santos, Bakambu (Adrian, 65), Sansone (Borre, 82).

“Roma” – Alisson, Manolas, Fasio, Ryudiger (Jezus, 71), Bruno Peres, de Rossi, Strotman, Emerson, Nainggolan (Paredes, 90), El-Shaaravi (Salah, 62), Jeko.

Ogohlantirishlar: Mario Gaspar (44), Bruno Peres (89).

Boshqa yangiliklar