Tarixda ilk marotaba o`tkaziladigan 20 yoshgacha bo`lgan futzalchilar o`rtasidagi Osiyo chempionatiga qur`a tashlash marosimi 30 mart kuni bo`lib o`tadi.
Marosim Tailand poytaxti Bangkok shahridagi Grand Fourwing Hotel mehmonxonasida o`tkaziladi. Jamoalar 2016 yili Toshkentda bo`lib o`tgan futzal bo`yicha Osiyo chempionatida qayd etgan natijalariga ko`ra 5 ta savatchaga ajratiladi.
O`zbekiston U-20 terma jamoasi 1-savatchadan joy oldi. Shuningdek, mazkur savatchada Eron, Tailand va Vetnam yoshlar termasi ham joylashgan.
Jami 21 terma jamoa to`rtta guruhga bo`linadi. Bitta guruhda 6 ta, uchta guruhda 5 tadan jamoa pley-off bosqichi uchun kurashadi. Har bir guruhda 1–2 o`rinlarni egallagan jamoalar chorak finalga yo`l oladi.
Eslatib o`tamiz, futzal bo`yicha U-20 Osiyo chempionati 2017 yilning 9–21 may kunlari Tailandda o`tkaziladi.






