1

OChL–2017. “Lokomotiv” va “Bunyodkor” uchrashuvlari prevyusi

Sport 19.02.2017, 16:00
Teglar: Futbol
OChL–2017. “Lokomotiv” va “Bunyodkor” uchrashuvlari prevyusi

2017 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasining guruh bosqichiga ertaga, 20 fevral kuni start beriladi. Unda O`zbekistonning ikki klubi – “Lokomotiv” va “Bunyodkor” ishtirok etadi.

O`zbekiston chempionligini qo`lga kiritgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi OChL–2017 turnirini to`g`ridan-to`g`ri guruh bosqichidan boshlaydi. Jamoa “A” guruhidan joy oldi va pley-off bosqichiga chiqish uchun “Al-Taavon” (Saudiya Arabistoni), “Al-Ahli” (BAA) va “Istiqlol” (Iroq, Tehron) klublari bilan kuch sinashadi.

“Temiryo`lchilar”ning ilk raqibi Saudiya Arabistoni vakili – “Al-Taavon” bo`ladi. Saudiyaliklar OChL musobaqasida birinchi marta ishtirok etmoqda. O`tgan mavsumda mamlakat chempionatida 4-o`rinni egallagan “Al-Taavon” o`z tarixida eng yaxshi natijani qayd etgandi.

Asosiy futbolchilar: Jehad Al Husayn, Talab Al Absi, Munir El Hamdui

Bosh murabbiy: Konstantin Galsa (Ruminiya)

“Lokomotiv” yangi mavsum oldidan Server Jeparov, Temurxo`ja Abduxoliqov, Sanjar Shoahmedov kabi futbolchilar bilan xayrlashgan bo`lsa-da, toshkentliklar o`z safini tajribali Shuhrat Muhammadiev, yosh iqtidor egalari Jaloliddin Masharipov va Diyor Turopov singari o`yinchilar bilan to`ldirdi. “Temiryo`lchilar” o`tgan mavsumda OChL–2016 da ajoyib o`yin namoyish qildi va chorak finalgacha etib bordi. “Lokomotiv” chorak finalda musobaqa finalchisiga aylangan BAAning “Al-Ayn” klubiga mag`lub bo`lgandi.

Asosiy futbolchilar: Timur Kapadze, Islom To`xtaxo`jaev, Sardor Mirzaev

Bosh murabbiy: Andrey Miklyaev

“Al-Taavon” (Saudiya Arabistoni) – “Lokomotiv”(O`zbekiston)
20 fevral, Burayda. 20:40 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam:
Ahmad Abu Bakar Said Al-Kaf (Ummon);
Qanot hakamlari: Hamid Sulaymoy Marhun va Abu Bakar Salim Mahad (har ikkisi Ummon);
Zaxira hakami: Iso Abdulla Hasan Muhammad Ali (Bahrayn);
Hakamlar nazoratchisi: Halid Jasim Halifa Alduki Alsenaani (BAA);
Uchrashuvi komissar: Talal Ali (Iordaniya).

Toshkentning yana bir klubi – “Bunyodkor” OChL–2017 turnirini saralash (pley-off) bosqichidan boshladi. Sergey Lushchan shogirdlari Qatarning “Al-Jaish” klubini penaltilar seriyasida taslim qilgan holda guruh bosqichiga yo`l oldi. “Qaldirg`ochlar” qur`a natijasiga ko`ra “S” guruhiga tushgan “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni), “Zob Ahan” (Iroq) va “Al-Ayn” (BAA) klublari bilan pley-offga chiqish uchun kurashadi.

“Bunyodkor”ning guruhdagi ilk raqibi Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi bo`ladi. Saudiyaliklar OChL turnirida katta tajribaga ega. 2012-yilda “Al-Ahli” Osiyo mintaqasining eng nufuzli turniri finalchisi bo`lgan. O`shanda jamoa Janubiy Koreyaning “Ulsan Xyundai” klubiga imkoniyatni boy bergandi.

Asosiy futbolchilar: Jiannis Fetfatzidis, Muhammad Abdul Shafi, Saad Abdul Amir

Bosh murabbiy: Kristian Gross (Shveysariya)

“Bunyodkor” O`zbekiston klublari orasida OChL musobaqasida eng yaxshi natija qayd etgan klub sanaladi. “Qaldirg`ochlar” ikki marta – 2008 va 2012 yillarda yarim finalgacha borgan. Poytaxtliklar yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishga muvaffaq bo`ldi. Klub safiga serbiyalik Dushan Michich va Aleksandar Ignyatovich, chernogoriyalik Vadim Chemirtan, shuningdek, Alisher Sanaev kabi futbolchilar kelib qo`shildi. “Bunyodkor” xalqaro maydonda yuqori natijalarni qayd etishni o`z oldiga maqsad qilib olgan.

Asosiy futbolchilar: Eldor Shomurodov, Vadim Chemirtan, Otabek Shukurov

Bosh murabbiy: Sergey Lushchan

“Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) – “Bunyodkor” (O`zbekiston)
21 fevral, Jidda, “Sport Siti” stadioni. 22:15 (Toshkent vaqti)

Bosh hakam:
Ryuji Sato (Yaponiya);
Qanot hakamlari: Toru Sagara va Xiroshi Yamauchi (har ikkisi Yaponiya);
Zaxira hakami: Araki Yusuke (Yaponiya);
Hakamlar nazoratchisi: Adnan Ismoil Alhafi (Iordaniya);
Uchrashuv komissari: Song Xuang (Xitoy).

Sharhlar

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1