Ispaniya chempionati 23-turida “Barselona” o`z maydonida “Leganes” futbolchilari qabul qilib, qiyinchilik bilan 2:1 hisobida g`alaba qozondi.
Kataloniyaliklarning ikkita golini ham Lionel Messi kiritdi. Muammolar girdobida qolib ketayotgan “Valensiya” o`z maydonida “Atletik” futbolchilari bilan kurash olib bordi va 2:0 hisobida zafar quchdi.
Yana bir o`yinda “Selta” yirik hisobda “Osasuna”ni engishga muvaffaq bo`ldi. Sisto, Jozabed va Aspasning gollari vigoliklarning 3:0 hisobidagi g`alabasini ta`minladi.
Barselona – Leganes 2:1
Gollar: 1:0 – 4 Messi, 1:1 – 71 Lopes, 2:1 – 90, penalti Messi.
Barselona – ter Stegen, Mate, Umtiti, Din (Alba, 81), SerJi Roberto, Rakitich, Andre Gomesh (Inesta, 80), Rafinya (Denis Suares, 80), Neymar, Messi, Suares.
Leganes – Yago Errerin, Mantovani, Riko, Tito, Siovas (Insua, 87), Pires, Moran (Lopes, 65), Shimanovski (Machis, 70), Adames, El-Jar, Gerrero.
Ogohlantirishlar: Suares (46), Mantovani (55), Siovas (87).
Valensiya – Atletik 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: Nani, 13, Dzadza, 45
Valensiya: Diego Alves, Montoyya (Kanselu, 78), Garay, Mangala, Sikeyra, Parexo, Peres (Soler, 70), El Xaddadi, Orelyana (Bakkali, 83), Nani, Dzadza
Atletik: Iraisos, Saborit, Laport (Echeyta, 29), Boveda, de Markos, Iturraspe (Uilyams, 52), San Xose, Leki (Aduris, 52), Muniain, Eraso, Garsiya
Ogohlantirish: Garsiya
Selta – Osasuna 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: Sisto, 23, Jozabed, 87, Aspas, 89
Selta: Blanko, Joni, Gomes, Fontas, Planas, Vass, Radoyya, Dias, Sisto (Jozabed, 61), Rossi (Aspas, 73), Bongonda (Xyulsager, 85)
Osasuna: Sirigu, Klerk, Vuyadinovich, Garsia, Oyer, Berenger, Torres, Chaushich, de las Kuevas (Merida, 69), Leon (River, 79), Riera (Kodro, 84)
Ogohlantirish: Joni