AsosiySport

Baxtiyor Namozov plyaj futboli bo`yicha Osiyo chempionatida ishlaydi

'Baxtiyor Namozov plyaj futboli bo`yicha Osiyo chempionatida ishlaydi 'ning rasmi

O`zbekistonlik FIFA referisi Baxtiyor Namozov plyaj futboli bo`yicha Osiyo chempionati–2017 musobaqasida ishlash uchun taklif oldi.

Plyaj futboli bo`yicha Osiyo chempionati shu yilning 4–11 mart kunlari Malayziyaning Terengganu shahrida bo`lib o`tadi. Unda 13 mamlakat terma jamoasi, shu jumladan, O`zbekiston ham ishtirok etadi.

Reglamentga ko`ra, har bir guruh g`olibi hamda guruhda ikkinchi o`rinni egallagan eng yaxshi bitta jamoa yarim finalga chiqadi.

Musobaqa 1–3 o`rinlarni egallagan terma jamoalar plyaj futboli bo`yicha Bagam orollarida shu yilning 27 aprel – 7 may kunlari o`tkaziladigan Jahon chempionatiga yo`l oladi.

Boshqa yangiliklar