AsosiySport

Sergey Lushchan: “Raqibni etarli darajada o`rganib chiqdik”

'Sergey Lushchan: “Raqibni etarli darajada o`rganib chiqdik”'ning rasmi

“Al-Ahli” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan har ikkala jamoa bosh murabbiylari va bittadan etakchi futbolchi ishtirokida matbuot anjumanida bo`lib o`tdi. Tadbirning birinchi qismida “Bunyodkor” ustozi Sergey Lushchan va futbolchi Otabek Shukurov OAV vakillari savollariga javob qaytarishdi.

- Avvalo, mehmondo`stlik va bizga yaratib berilayotgan sharoitlar uchun tashkilotchilarga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildirmoqchiman. O`ylaymanki, ertangi bahsda har ikkala jamoa ham katta kuch bilan o`yin ko`rsatib, eng avvalo muxlislarga yoqadigan, sifatli futbol namoyish etishadi. “Al-Ahli” juda kuchli jamoa. Ularni etarli darajada o`rganib chiqdik. Kuchli va kuchsiz jihatlarini tahlil qilib, kerakli xulosalarni chiqarib oldik. “Al-Ahli” o`z uyida ko`p ming sonli muxlislari qarshisida to`p tepadi. Lekin o`ylaymanki, bu jihatni biz uchun salbiy tomonini ko`rmayapman, - deydi Sergey Lushchan.

- Chempionlar ligasining guruh bosqich uchrashuvlari boshlanmoqda. “Al-Ahli” bilan uchrashuvga puxta tayyorgarlik olib bordik. Avvalo o`zimizni juda yaxshi tayyorlaganmiz. Qolaversa, raqibni ham etarli darajada o`rganib chiqdik. Asosiy maqsadimiz uch ochko. Yurtimizga g`alaba bilan qaytish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz, - deydi Otabek Shukurov.

Boshqa yangiliklar