Angliya Kubogi musobaqasining nimchorak finalidan o`rin olgan barcha o`yinlar yakunlandi. Chorak final juftliklarini aniqlash maqsadida qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.
Unga ko`ra, “Manchester Yunayted” safarda “Chelsi” bilan o`ynaydigan bo`lsa, “Tottenxem” “Midlsbro” bilan kuch sinashadi.
“Arsenal” esa yana bir quyi divizon vakili “Linkoln Siti” bilan o`z maydonida bahs olib boradi. Ma`lumot uchun, chorak final o`yinlari shu yilning 11-12 mart kunlari o`tkaziladi.
Angliya Kubogi, 1/4 final juftliklari
Chelsi – Manchester Yunayted
Midlsbro – Xaddersfild/Manchester Siti
Tottenxem – Milluol
Arsenal – Linkoln Siti.






