Angliya Kubogi nimchorak final so`nggi o`yinida “Arsenal” safarda quyi liga vakili – “Satton Yunayted” mehmoni bo`ldi.
Mazkur o`yin vaqtida qiziqarli holat yuz berdi. Mezbonlarning 45 yoshli zaxira darvozaboni o`yin vaqtida ishtahasi ochildi va pirog tanovul qildi, deb xabar bermoqda Sports.uz.

125 kilogrammli darvozabonning suratlari va videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.
Eslatib o`tamiz, “Arsenal” ushbu o`yinda Lukas Peres va Teo Uolkottning gollari evaziga zafar quchib, chorak finalga chiqdi. 1/4 finalda Arsen Vengen jamoasi “Linkoln Siti” bilan bahslashadi.






