Avstraliyaning Yangi Janubiy shtatida restoranlandan birida ishlovchi ofisiant qiz echkemarni dumidan tutgancha, tashqariga olib chiqdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Mazkur video 18 fevral kuni Facebook ijtimoiy tarmog`iga joylashtirildi va uni to`rt kun mobaynida 310 ming foydalanuvchi tomosha qildi. Videoda echkemardan tap tortmay, dumidan sudragan qizning ismi Samiya ekanligi haqida izoh berilgan.