1

​2016 yilda “O`zbekiston temir yo`llari” orqali 68 mln. tonna yuk va 21,1 mln. yo`lovchi o`z manziliga etkazildi

Jamiyat 22.02.2017, 11:01
Teglar: O`zbekiston, O`zbekiston temir yo`llari
​2016 yilda “O`zbekiston temir yo`llari” orqali 68 mln. tonna yuk va 21,1 mln. yo`lovchi o`z manziliga etkazildi

O`zbekiston Milliy Matbuot Markazida "O`zbekiston temir yo`llari" aktsiyadorlik jamiyatining 2016 yil ijtimoiy–iqtisodiy faoliyati yakunlari va 2017 yilgi rejalariga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, boshqarma boshliqlari hamda tarmoq korxona va tashkilotlari mutaxassislari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda ta`kidlanishicha, “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan temiryo`l sohasida belgilangan asosiy vazifalar bajarilgan. Jumladan, aksiyadorlik jamiyatining temir yo`l stansiyalaridan 2016 yilda 68 mln. tonna yuk ortilib, o`z manziliga etkazildi. Shuningdek, o`tgan yil yo`lovchi tashish borasida ham yaxshi natijalarga erishilib, 21,1 mln. yo`lovchi o`z manziliga etkazib qo`yildi.

Tarmoqda eksport xizmatlariga ham alohida e`tibor qaratilganligi aytib o`tildi. Jumladan, o`tgan yili 369 mln. AQSh dollari miqdorida eksport xizmatlari ko`rsatilgan. Hisobot davrida aksiyadorlik jamiyatining sanoat korxonalarida taqqoslama narxlarda 422,5 mlrd. so`mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Uchrashuvda qayd etilganidek, O`zbekiston Respublikasining investisiya dasturiga muvofiq Aksiyadorlik jamiyatining moliyalashtirish manbalari hisobidan 821,13 mln. AQSh dollari miqdorida kapital mablag`lar o`zlashtirildi.

2016 yil iyun oyida, uzunligi 123,2 kilometrni tashkil etuvchi “Angren–Pop” elektrlashtirilgan temir yo`li va uning doirasida bunyod etilgan, uzunligi 19,2 kilometrni tashkil etuvchi “Qamchiq” tunnelining qurilishi to`liq tugatilib,foydalanishga topshirildi.

O`tgan yil 11 iyulidan boshlab, mazkur yangi temir yo`l orqali Vodiyga hamda u erdan respublikamizning boshqa xududlariga yuk poezdlari qatnovi yo`lga qo`yildi.

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan 2016 yil davomida 2277 ta yangi ish o`rin tashkil qilingan. Bugungi kunda Jamiyat miqyosida ishchilar soni qariyb 70 ming nafardan ziyodni tashkil etadi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi bayrami arafasida esa Toshkent-Andijon-Toshkent yo`nalishida birinchi yo`lovchi poezdi qatnovini boshladi. Bugungi kunda ushbu yo`nalishda har kuni ikki martadan zamonaviy tezyurar yo`lovchi poezdi aholiga xizmat ko`rsatayapti. Shu bilan birga Andijon-Buxoro-Andijon yo`nalishida haftasiga ikki marotaba, Andijon-Urganch-Andijon yo`nalishida bir marotaba hamda Andijon-Moskva-Andijon yo`nalishida bir marotaba yo`lovchi poezdlari qatnovi tashkil etildi. Bundan tashqari bir sutkada o`n beshdan ziyod yuk poezdi Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo`li orqali o`tkazilib, yuklar o`z manziliga etkazib qo`yilmoqda.

Hisobot davrida Samarqaddan Buxorogacha bo`lgan masofada 140 kilometrdan ortiq yangi temir yo`l qurildi hamda mavjud temir yo`llar tubdan ta`mirlanib, Buxorogacha elektrlashtirish ishlari to`liq amalga oshirildi. Natijada Mustaqillik bayrami arafasida Toshkent-Buxoro-Toshkent yo`nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoezdining qatnovi yo`lga qo`yildi.

Matbuot anjumanida "O`zbekiston temir yo`llari" AJ tomonidan galdagi rejalar, istiqboldagi loyihalar xususida ham atroflicha so`z yuritildi. Ta`kidlanishicha, temir yo`llarda elektrlashtirish jarayoni hamda yangi temir yo`llarni qurish bo`yicha ishlar qizg`in davom ettirilmoqda. Bundan tashqari Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan metro qurilishi haqida ham ma`lumot berildi. Tadbirda jurnalistlar o`zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar.

Sharhlar

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1