AsosiyJamiyat
14231

​Chilonzorda “Matiz”da yo`lovchi qizni zo`rlamoqchi bo`lgan haydovchi hibsga olindi

'​Chilonzorda “Matiz”da yo`lovchi qizni zo`rlamoqchi bo`lgan haydovchi hibsga olindi'ning rasmi

2017 yilning 17 fevral kuni Toshkent shahar Olmazor tumani IIB xodimlari tomonidan og`ir jinoyatning oldini olishga muvaffaq bo`lindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu kuni soat 19:30 larda mazkur tumanning Allon ko`chasida xizmat olib borayotdan ichki ishlar xodimlari yo`l chetida to`xtab turgan “Matiz” avtomashinasidan yordam so`rab baqirayotgan ayol kishining ovozini eshitib, avtomashinaning orqa o`rindig`ida 25-30 yoshlardagi yigit, bir qizni zo`rlab nomusiga tegmoqchi bo`layotganining guvohi bo`lishdi. Qiz sho`rlik qancha urinmasin g`araz niyatli shaxsning changalidan chiqolmasdi.

Ichki ishlar xodimlari qizga yordam berishga shoshilishdi. Ammo avtomashina eshiklari ichkaridan berk edi. Tezkor xodimlardan biri amallab avtomashinaning orqa eshigini ochganda, zo`ravon unga o`tkir tig`li pichoq bilan tashlandi. Xodim chap qo`lining ichki qismi kesilib, jarohatlanishiga qaramasdan, epchillik bilan jinoyatchining qo`lini qayirib, uni qurolsizlantirdi.

Yovuz niyatli shaxs o`z g`araz maqsadini amalga oshira olmadi, u ichki ishlar boshqarmasiga olib kelindi.

Kechki paytda ishdan qaytayotgan qizni qo`rqitib, ishonch qog`ozisiz boshqarib yurgan “Matiz” avtomashinasiga o`tqazib, so`ng yo`l chetiga to`xtab uning nomusiga tegmoqchi bo`lgan, 1988 yilda tug`ilgan bu shaxs, muqaddam O`zbekiston Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan sudlanib, amnistiya akti tufayli jazodan ozod etilgan ekan. Ammo o`ziga ko`rsatilgan insonparvarlikdan tegishli xulosa chiqarmay, mazkur ayanchli jinoyatga qo`l urgan.

Unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 118-moddasi 1 qismi va 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar