AsosiySport

Futzal bo`yicha O`zbekiston U-20 termasi Qirg`izistonga qarshi ikkita o`rtoqlik o`yini o`tkazadi

'Futzal bo`yicha O`zbekiston U-20 termasi Qirg`izistonga qarshi ikkita o`rtoqlik o`yini o`tkazadi'ning rasmi

Futzal bo`yicha O`zbekiston U-20 terma jamoasi shu yilning 12–13 mart kunlari Toshkent shahrida Qirg`iziston U-20 termasiga qarshi o`rtoqlik o`yinlarini o`tkazadi.

Mazkur bellashuvlar 2017 yilning 16–26 may kunlari Tailandda, tarixda ilk marotaba o`tkaziladigan U-20 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida o`tkaziladi.

O`zbekiston termasidan tashqari futzal bo`yicha qit`a birinchiligida Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK)ga a`zo 21 mamlakat terma jamoasi ishtirok etadi. Musobaqaga qur`a tashlash marosimi 30 mart kuni Bangkok shahrida bo`lib o`tadi.

Eslatib o`tamiz, bundan avval O`zbekiston U-20 terma jamoasi tojikistonlik tengdoshlariga qarshi ikkita bahs olib borgan. Birinchi o`yinda 6:6 hisobi qayd etilgan bo`lsa, ikkinchi o`yinda O`zbekiston U-20 tojikistonlik futzalchilarni 5:3 hisobida taslim qilgandi.

Ma`lumot uchun, futzal bo`yicha O`zbekiston U-20 terma jamoasiga ham ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendez bosh murabbiylik qilmoqda. Mendez U-20 terma jamoasiga nomzod sifatida 17 nafar futzalchini mashg`ulotlarga jalb qilgan edi.

Boshqa yangiliklar