AsosiySport

Evropa Ligasi: “MYu” 1/8 finalda Rossiya vise-chempioni bilan o`ynaydi

'Evropa Ligasi: “MYu” 1/8 finalda Rossiya vise-chempioni bilan o`ynaydi'ning rasmi

Bugun, 24 fevral kuni Shveysariyaning Non shahrida Evropa Ligasi nimchorak final juftliklarini aniqlash uchun qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.

Qur`a natijasiga ko`ra “Manchester Yunayted” Rossiya vise-chempioni “Rostov” bilan, “Roma” esa Fransiyaning “Lion” klubi bilan to`qnash keladi.

Quyidagi nimchorak finalda o`zaro bahs olib boradigan juftliklar bilan tanishing. Eslatib o`tamiz, uchrashuvlar 9 va 16 mart kunlari bo`lib o`tadi.

Evropa Ligasi, 1/8 final juftliklari:

"Selta" (Ispaniya) – "Krasnodar" (Rossiya);

"APOEL" (Kipr) – "Anderlext" (Belgiya);

"Shalke-04" (Germaniya) – "Borussiya M" (Germaniya);

"Lion" (Fransiya) – "Roma" (Italiya);

"Rostov" (Rossiya) – "Manchester Yunayted" (Angliya);

"Olimpiakos" (Gresiya) – "Beshiktosh" (Turkiya);

"Gent" (Belgiya) – "Genk" (Belgiya);

"Kopengagen" (Daniya) – "Ayaks" (Gollandiya).

Boshqa yangiliklar