AsosiySport

Jerar Pike o`zini kibersport sohasida sinab ko`rmoqchi

'Jerar Pike o`zini kibersport sohasida sinab ko`rmoqchi'ning rasmi

“Barselona” klubi himoyachisi Jerar Pike kibersport sohasiga qiziqib qoldi va o`zining kibersport loyihasini tashkil etmoqchi, deb xabar bermoqda Marca.

Futbolchining so`zlariga qaraganda, u 6 oy muqaddam kibersport haqida tasavvurga ega bo`lgan va shu yo`nalishda ish olib borishga qaror qilgan.

Qayd etish kerakki, “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham kibersport bilan shug`ullanadi. Portugaliyalik futbolchi CNB E-sports aksiyalarining ma`lum qismini sotib olgan. Pike esa bu sohada o`zgacha yangilik kiritmoqchi, ammo bu haqda batafsil to`xtalmagan.

Boshqa yangiliklar