1

Kosmin Olariu: “Nasaf” bilan o`yinlarda to`plangan tajriba “Lokomotiv” ga qarshi qo`l keladi

Sport 26.02.2017, 21:15
Teglar: Futbol
Kosmin Olariu: “Nasaf” bilan o`yinlarda to`plangan tajriba “Lokomotiv” ga qarshi qo`l keladi

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “A” guruhi 2-turidan o`rin olgan “Lokomotiv” – “Al-Ahli” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab amirliklar ustozi Kosmin Olariu va hujumchi Diop ishtirok etdi.

“Ertaga o`yin biz uchun qiyin kechishi tabiiy. Bo`lajak o`yin ham ikki jamoa uchun muhim sanaladi. “Lokomotiv” 1-turda mag`lubiyatga uchraganiga qaramay, ular kuchli jamoa. “Loko” muxlislar qarshisida yaxshi o`ynaydi, jamoa kuchli futbolchlarga ega. OChL biz uchun muhim musobaqa va unda yaxshi o`yin orqali g`alaba qozonishga harakat qilamiz. Avvalgi mavsumlarda “Nasaf” bilan o`yilar qiyin kechgan, ammo to`plangan tajriba “Lokomotiv”ga qarshi qo`l keladi. Ikki yil avval “Al-Ahli” finalga chiqqan, ammo o`shanda bu vazifa sifatida qo`yilmagan. O`sha mavsumda guruhdan chiqqanimiz ham katta natija bo`lgandi”, – dedi Kosmin Olariu.

“Safar o`yini qiyin kechishi tayin. Murabbiy aytgan ko`rsatmalarni bajaramiz. “Lokomotiv” kuchli jamoa, shunga qaramay g`alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. “Lokomotiv” tarkibida kuchli futbolchilar ko`p, aynan kim kuchli ekanini ayta olmayman. Ular jamoaviy o`yin namoyish qilishadi”, – dedi Diop.

Eslatib o`tamiz, “Lokomotiv” va “Al-Ahli” uchrashuvi ertaga, 27 fevral kuni TTZ mavzesida joylashgan “Lokomotiv” stadionida bo`lib o`tadi. O`yin 16:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1