1

OChL–2017. “Lokomotiv”ning 3 futbolchisi “Al-Ahli”ga qarshi maydonga tusha olmaydi

Sport 26.02.2017, 21:18
Teglar: Futbol
OChL–2017. “Lokomotiv”ning 3 futbolchisi “Al-Ahli”ga qarshi maydonga tusha olmaydi

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “A” guruhi 2-turidan o`rin olgan “Lokomotiv” – “Al-Ahli” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “temiryo`lchilar” ustozi Andrey Miklyaev va hujumchi Jaloliddin Masharipov ishtirok etdi.

“Ertangi uchrashuv mas`uliyatini his qilib turibmiz. O`tgan turda ochko yo`qotganimiz yomon bo`ldi. “Al-Ahli” kuchli jamoa bo`lsa-da, ularni mag`lubiyatga uchratishga harakat qilamiz. Ertaga hujumkor o`yin namoyish qilamiz. Futbolchilarda jarohatlar bo`lgani uchun “Al-Taavon”ga qarshi o`yinda Jaloliddin Masharipov hujumda sinab ko`rdik. Ikrom Aliboev hamon jarohatda, uning tizzasida muammo bor. Shuningdek, Murod Bobojonov va Diyor Turopov ertaga maydonga tusha olmaydi.

Marat Bikmaev o`tgan turda raqibning provokasiyasiga uchradi. O`yindan keyin u bilan suhbatlashib, asabni jilovlash kerak ekanini aytdik. Ignatiy Nesterov “Al-Taavon” bilan o`yinda xato qildi, ammo u hamon asosiy darvozabon. Bunday xatolar boshqa takrorlanmaydi deb o`ylaymiz”, – dedi Miklyaev.

“Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biri bilan o`ynaymiz. Ochko yo`qotmasligimiz kerak. Eng asosiysi bo`lajak o`yinda 3 ochko olish. “Lokomotiv”ga o`tganimda biroz hayajon bo`ldi, ammo murabbiy va futbolchilar yaxshi kutib oldi, ular bilan chiqishib ketdik. “Lokomotiv” hamon OChL yarim finaliga chiqishga ishonadi. Dastlabki turdagi mag`lubiyatga qaramay, rahbariyat qo`ygan maqsadni amalga oshiramiz”, – dedi Masharipov.

Eslatib o`tamiz, “Lokomotiv” va “Al-Ahli” uchrashuvi ertaga, 27 fevral kuni TTZ mavzesida joylashgan “Lokomotiv” stadionida bo`lib o`tadi. O`yin 16:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1