“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi “Atletiko”ga qarshi (2:1) kechgan qiyin uchrashuvda g`alaba golini kiritdi.
Mazkur gol argentinalik futbolchi uchun joriy mavsumda chempionatdagi 20-si bo`ldi. 29 yoshli futbolchi so`nggi 9 mavsumda La Ligada 20 va undan ortiq gol urib kelmoqda.

Ma`lumot uchun, Messi 2008/09 yilgi mavsumda 23, 2009/10 – 34, 2010/11 – 31, 2011/12 – 50, 2012/13 – 46, 2013/14 – 28, 2014/15 – 43, 2015/16 – 26 tadan gol urgan.






